вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Kasbida o'quv-seminar bo'lib o'tdi
23
may
2024

Kasbida o'quv-seminar bo'lib o'tdi

2024-yil 22-may kuni Qashqadaryo viloyati PYMO‘MM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkillashtirilgan Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli DMTT lar tarbiyachi-metodistlari bilan “Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyalari” mavzusidagi o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Seminarda markaz profefessor-o‘qituvchilari “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturida maktabgacha ta’limga oid belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlagan holda tadbir qatnashchilariga MTTda har bir rivojlanish sohalarida ijtimoiylashuvni tarbiyalash usullari hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda ijtimoiy kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha bilimlar berdilar, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tayyorlov guruhlarida turli mavzularda ochiq mashg‘ulotlar, trening mashg‘ulotlari o‘tkazdilar.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar fikr-mulohazalari tinglandi, savollarga javob berildi.

скачать dle 12.0