вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Xalq ta’limi vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov Qashqadaryo viloyati maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishish barobarida Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM iga 2021 yil 27 avgust kuni tashrif buyurdi.
27
avgust
2021

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov Qashqadaryo viloyati maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishish barobarida Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM iga 2021 yil 27 avgust kuni tashrif buyurdi.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov Qashqadaryo viloyati maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishish barobarida Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markaziga 2021 yil 27 avgust kuni tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida umumta’lim maktablarining fidoiy o‘qituvchilari bilan hamsuhbat bo’ldi. O‘zbekiston qahramoni Muhabbat Sharopova va bir qator fidoiy o‘qituvchilar vazir Sh.X.Shermatovni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlanganligi munosabati bilan unga iliq tabrik va ta’lim jarayonida olib borayotgan islohatlarida, sohani yanada rivojlantirishda ulkan zafarlar tilashdi. Shuningdek xalq ta’limi vaziri Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan hamda mamlakatimizning ilm-fan, ta’lim sohasini rivojlantirishga xizmat qilib kelayotgan bir qator o‘qituvchilarni ko’krak nishoni, qimmatli sovga’lar va kitoblar bilan taqdirladi. Shuningdek, ayni vaqtda hududiy markazning maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasini mudiri M.Shodiyeva va markazning ilmiy kotibi D.Kamolov dotsent unvoniga sazavor bo’lganliklari hamda tillar ta’limi kafedrasi mudiri D.Ibroximova xalqaro miqyosdagi sertifikatga ega bo‘lganliklari uchun xalq ta’limi vaziri tomonidan qimmatbaho kitoblar to’plami bilan taqdirlandilar va vazir markaz kutubxonasiga kitoblar to’plami taqdim etdi.
So‘z yakunida xalq ta’limi vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov yig‘ilganlarni va shu oqrali barcha Qashqadaryo viloyati o‘qituvchilarini mamlakatimizning mustaqilligi 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi.скачать dle 12.0