вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » “Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash”ga yo‘naltirilgan 3-4-sinf o‘quvchilari orasidan saralab olingan o‘quvchilarning “Mudir sovrini” olimpiadasi tashkil qilindi.
15
dekabr
2021

“Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash”ga yo‘naltirilgan 3-4-sinf o‘quvchilari orasidan saralab olingan o‘quvchilarning “Mudir sovrini” olimpiadasi tashkil qilindi.

2021 yil 11 dekabr kuni Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi hamda Kasbi tuman XTB bilan hamkorlikda “Uzluksiz kasbiy rivojlantirishdagi islohotlar” mavzusida ilmiy-amaliy o‘quv seminari tashkil qilindi.
Seminar kun tartibining birinchi bosqichida “Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash”ga yo‘naltirilgan 3-4-sinf o‘quvchilari orasidan saralab olingan o‘quvchilarning “Mudir sovrini” olimpiadasi tashkil qilindi.
Seminar kun tartibining ikkinchi bosqichida seminar ishtirokchilari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25-yanvardagi PQ-4963 sonli Qarori Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Seminar kun tartibining uchinchi bosqichida “Boshlang‘ich ta’limda xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish” mavzusida trening mashg‘uloti tashkil qilindi.
Seminar kun tartibining to‘rtinchi bosqichida “Mudir sovrini” olimpiadasi natijalari e’lon qilinib, g‘olib ishtirokchilarni taqdirlash uchun badiiy qism (Kasbi tuman 16-maktab o‘quvchilari ishtirokida) tashkil qilindi.скачать dle 12.0