вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » “UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR” mavzusida o‘quv seminari
17
sentabr
2021

“UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR” mavzusida o‘quv seminari

2021 yil 16 sentabr kuni Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Muborak tuman XTBga qarashli 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR” mavzusida o‘quv seminari tashkil qilindi.
Seminarda “Uzluksiz kasbiy ta’limning afzalliklari va istiqboldagi rejalar”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963 sonli qarorining mazmuni va belgilangan vazifalar”, “O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlari” mavzusida ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, “Milliy o‘quv dasturining mazmuni va o‘quv-tarbiya jarayoniga sifatli joriy etish amaliyoti” mavzusida master-klass mashg‘uloti tashkil qilindi.скачать dle 12.0