вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamda Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti kafedrasi tomonidan “Yangi baholash tizimi yutuqlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
21
noyabr
2023

Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamda Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti kafedrasi tomonidan “Yangi baholash tizimi yutuqlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

2023-yil 21-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi hamda Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti kafedrasi tomonidan “Yangi baholash tizimi yutuqlari” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda kafedra o‘qituvchilari va O‘IBDO‘, MMIBDO‘ guruhi tinglovchilari va fan metodistlari ishtirok etishdi. Tadbirni kafedraning katta o‘qituvchisi O.Ochilov ochib berdi. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi kimyo fani metodisti M.Ergasheva 2023-yil 27-iyundagi “Umumtaʼlim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etishni tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 192-sonli buyrug‘i, 2023-yil 17-iyuldagi “Ikkinchi xorijiy til va bitta kasb-hunarga o’rgatish amaliyoti joriy etiladigan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 2023-2024-o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 209-sonli buyrug’i hamda “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 2023-2024 o’quv yiliga mo’ljallangan variantiv o’quv rejalarini tasdiqlash to’g’risidagi” 2023-yil 19-iyuldagi 213-sonli buyrug’i, 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi 248-sonli buyrug‘lari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

скачать dle 12.0