вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosarining lavozim  majburiyati quyidagilar:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish.
- O‘quv jarayonida davlat talablari, normativ hujjatlar va o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq joriy etilishini ta’minlash. - - Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari hududiy markaz direktori rahbarligida faoliyat olib boradi. Ushbu lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
- Direktor ishda bo‘lmagan davrda (mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki boshqa sabablar bilan) uning vakolatlarini vaqtincha bajaradi.
- Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi, fanlarni rivojlantirish bo‘limi, maktabgacha ta'limni muvofiqlashtirish bo‘limi, ta’lim xizmatlarini tashkil etish bo‘limi va kafedralar faoliyatlarini umumiy nazorat qilish.
- O‘quv jarayonining sifatini oshirish va uning samaradorligini ta’minlash maqsadida ishchi o‘quv rejalari, dasturlarini ishlab chiqilishini nazorat qilish. Hududiy markazda tashkil etilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga ta’lim sifatini oshirish maqsadida yuqori malakali pedagog xodimlarni jalb qilish;
- Fanlarni rivojlantirish bo‘limi faoliyatida, o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or taʼlim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish ishlarini rivojlantirish hamda muvofiqlashtirish. Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyatida hududiy maktabgacha ta’limning sifatini oshirish va innovatsion pedagogik yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish. Ta’lim xizmatlarini tashkil etish bo‘limi faoliyatida, hududiy markazda ta’lim xizmatlarini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish uchun strategik reja-dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Kafedralarda professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot, o‘quv va ilmiy-metodik ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish. Tegishli bo‘lim va kafedralar tomonidan seminar-treninglar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, ularning o‘tkazilishini nazorat qilish. Umumiy o‘rta ta’limdagi muammolarni aniqlash va ularning yechimiga qaratilgan o‘quv metodik va ilmiy tadqiqot ishlarining amalga oshirilishini ta’minlash;
- Tegishli bo‘lim va kafedralar faoliyatini muntazam ravishda monitoringini olib borish;
- Hududiy markaz direktoriga monitoring natijalariga ko‘ra tegishli bo‘lim xodimlari va kafedra professor-o‘qituvchilarini yuqori natija va yutuqlari bo‘yicha rag‘batlantirish, shuningdek o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan xodimlarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish;
- Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari markazning akademik bo‘linmalarini boshqarish, ular faoliyatini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega. Hududiy markaz akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.