вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» TILLARNI O'QITISHMETODIKASI KAFEDRASI

TILLARNI O'QITISHMETODIKASI KAFEDRASI

 

“TILLARNI O’QITISH METODIKASI” KAFEDRASI
“Tillarni o’qitish metodikasi” kafedrasi 1997-yil aprel oyida tashkil etilgan. 2022-yil iyun oyidan kafedra mudirilavozimiga filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent O.Norov tayinlandi va hozirga qadar faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra tarkibiga ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, o’zbek (davlat tili) tili, tojik tili, nemis tili, fransuz tili kabi yo’nalishlar kiradi. Kafedraning bugungi kunda asosiy shtat birligi7 nafar professor-o’qituvchidan iborat bo’lib, ular quyidagilar:
  1. O.Norov- kafedra mudiri, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent, ona tili va adabiyot fani mutaxassisligi
  2. Z.O’roqova – ona tili va adabiyot fani mutaxassislifi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
  3. G.Karimova- ona tili va adabiyot mutaxassisligi, katta o’qituvchi
  4. L.Annayeva – rus tili va adabiyot fani katta o’qituvchisi
  5. Sh.Eshmurodov- rus tili va adabiyot fani katta o’qituvchisi
  6. D.Ibroximova - filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, ingliz tili fani mutaxassisligi
  7. Z.Oqboyeva- ingliz tili fani katta o’qituvchisi.
Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi” Maktab o‘quvchilari badiiy va lingvistik tahlilga o‘rgatishning zamonaviy tizimini shakllantirish muammolari” bo‘lib, bu mavzudan kelib chiqqan holda kafedraning o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Shu bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilari Respublika ilmiy – amaliy konferensiyalarida, viloyat seminarlarida,vaqtli matbuotlarda o‘z ilmiy maqolalari va tezislari bilan qatnashmoqda.
“2023-yil-“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosito‘g‘risida Davlat dasturida bulgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan kafedra a’zolari viloyatning barcha tumanlarida“ Mahorat darlari” tashkil etib kelmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan reja asosida maktablarga metodik va amaliy yordam ko‘satilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2016-yillarda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmonida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-241-son qarorida,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-son qarorining II-bandiga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 28-iyundagi 209-sonli buyruqlari hamda Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 21-dekabrdagi 385-sonli “Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazlari tuzilmasida Metodik xizmat ko'rsatish bo'limlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi buyruqlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida markaz qarorlarni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘qituvchilarini malakasini oshirishbu boradagi ishlar ko‘lamini yanada yaxshilash borasida kafedra tomonidan bir talay ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.фильмы бесплатно