вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» MAKTABGACHA, BOSHLANG'ICH VA MAXSUS TA'LIM KAFEDRASI

MAKTABGACHA, BOSHLANG'ICH VA MAXSUS TA'LIM KAFEDRASI


       Kafedra 2010 yil 4 yanvar kuni tashkil qilindi. Kafedrada 20 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi. Kafedra mudirikatta o`qituvchi M. Shodiyeva,p.f.n Sh.Hamroyev, katta o`qituvchilar Z.Yuldosheva, S.Irisova, M.Abduxoliqova, X.Beknazarova, D.Baxritdinova, M.Zaripova, o'qituvchilar M.Safarova, D. Azizova, S.Rasulova, D.Turayeva,M.To’qliyeva, Yu.Yuldasheva, Z.Choriyeva, G.Qosimova, D.Shaxmurodova, U.Karimova, U.Rustamov, U.Qo’shoqova faoliyat ko'rsatmoqda.

        O'quv-uslubiy ishlar sohasida kafedraning yillik dars yuklamasi 13068 soatni tashkil qilib, shundan 11239 soat kafedradagi asosiy shtat o'qituvchilari tomonidan, 480 soat esa soatbay o`qituvchilar tomonidan o'tildi. Tinglovchilar yakuniy attestatsiyada malakaviy ishni himoya qiladilar va chiqish testi nazoratidan o'tadilar.

      Kafedra o'qituvchilari o'zlari o'qitadigan fanlardan o'quv-uslubiy (ma'ruza matnlari, dastur, davlat talablari, testlar, adabiyotlar) majmuaning elektron va matnli variantini hamda amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun zaruriy materiallarni tayyorlaydilar. Har bir o'qituvchi ochiq dars o'tadi, 24 soatgacha darslarni tahlil qiladi. Fanlarni o'qitilishi va avgust shu'balarning o'tkazilishi bo'yicha doimiy ravishda metodik tavsiyalar yozadilar.

      Ilmiy-tadqiqot yo'nalishida: "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" dagi vazifalardan kelib chiqib, har yili kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 50 bosma taboq hajmida umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun ilmiy-metodik maqolalar, o'quv-uslubiy qo'llanma va majmualar, "Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish texnologiyalari" mavzusida metodik tavsiyalar, konferensiya va seminarlar o'tkazilmoqda, ilg'or o'qituvchilar ish tajribasi o'rganib borilmoqda. Keyingi 2 yil davomida ilmiy-tadqiqot yo'nalishida 6 ta darslik, 3 ta qo'llanma, 20 ta metodik tavsiyanoma, 40 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Kafedra o'qituvchilari har yili 3-4 tadan ilmiy maqolalar chop ettiradilar.

       "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" Davlat dasturi asosida 12 ta ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi.


          Kafedra yillik va oylik ish rejalari asosida ishlar davom ettirilmoqda.фильмы бесплатно