Kafedra 1997-yil 27-aprelda Tabiiy fanlar kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 2002-yilda kafedraga fizika, matematika va informatika fanlari qo‘shildi.
Kafedra 2012-yildan boshlab Tabiiy va aniq fanlar ta'lim kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedraga 2022-yilning sentabr oyidan boshlab katta o‘qituvchi A. Shoimov kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda.
Hozirgi vaqtga kelib kafedrada asosiy shtatda 15 nafar G‘.Jo‘rayev, D.Qorayeva, L.Elmonov, X.Nekboyev, H.Karimova, B.Mamatov, H.Mallayev, F.Eshdavlatov, Sh.Eshmurodov, F.Jabborov, N.Dilmurodov, Z.Suyarov, M.Korjovov, A.Shoimov va N.Xushmatovalar kabi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedraning 2023-yildagi o‘quv soatlar yuklamasi 7782 soatni tashkil etib, 2023-yilda kafedraga qarashli 136 ta an'anaviy va 43 ta masofadan malaka oshirish kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2023-yil davomida 7 ta uslubiy qo‘llanma, 12 ta uslubiy tavsiyalar yaratib markazning “Ta’lim va innovatsion texnologiyalar” jurnalida nashr etilishi rejalashtirilgan.
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi 2023-yilda quyidagi muammo ustida ish olib bormoqda:
“Qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslarida tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasi”.
Mazkur muammo bo‘yicha qilingan ishlar ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar ma'ruzalarida, yaratilgan uslubiy qo‘llanma, tavsiyalar, ilmiy maqolalarda o‘z ifodasini topmoqda.