вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi

Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi

 

1952-yilda Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti  Qarshi shahrida tashkil etilgan.
1985-yilda viloyat pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti,

1993-yilda viloyat xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish instituti maqomlari berilgan.

2005-yilda institut viloyat xalq ta'limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti,

2015-yilda Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti,

2017-yilda Qarshi davlar universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
 
2019-yilda Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish  hududiy markazi,

2022 yilda Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi deb nomlanmoqda.

2024 yilda Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi


Hududiy markazlarning asosiy vazifalar:

Prezident maktablarida o‘quvchilami o'qitish, kasb-hunarga yo'naltirish, ularda tanqidiy fikrlash, axborotni izlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llash bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish; pedagog xodimlaming kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarar darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish; pedagogning o‘z kasbiy faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish; pedagog xodimlami qayta tayyorlash va ulaming malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish bo‘yicha ihniy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish; o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilg‘or ta’limtarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish; pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish; oliy ta’lim tashkilotlari kafedralari, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan o‘zaro integratsiyani ta’minlash, pedagog xodimlami qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda ulami yangi metodikalarga o‘rgatish tizimini yanada rivojlantirish va modemizatsiya qilish; pedagog xodimlaming xalqaro baholash dasturlari darajasida topshiriqlar tayyorlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy qilish va ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish; o‘quv-uslubiy materiallar, ilmiy tadqiqot natijalari, ilmiy ommabop va tadqiqot materiallarini tayyorlash va nashr etish. 10. Hududiy markazlar o‘z zimmasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalami bajaradi: 4 a) Prezident maktablarida o'quvchilami o'qitish, kasb-hunarga yo'naltirish, ularda tanqidiyfikrlash, axborotni izlash va tahlil qilish ко ‘nikmalarini shakllantirish, olingan bilimlami amaliyotda qo ‘Hash bo ‘yicha to ‘plangan ilg‘ortajribalami uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi orqali umumiy о ‘rta ta 'lim muassasalariga keng tatbiq etish bo ‘yicha: Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida amaldagi metodikalami takomillashtirish; Prezident maktablarida to‘plangan ilg‘or tajribalami umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga keng tatbiq etish, umumiy o‘rta ta’lim mazmunini takomillashtirish bo‘yicha o‘quv, ilmiy va metodik ishlami olib borish. b) pedagog xodimlaming kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta 'lim sifatini. ta 'miniash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish hamda mustaqil fikrlash ко‘nikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish bo ‘yicha: pedagog xodimlaming metodik ehtiyojlarini todaqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash, malaka oshirish hamda yangi metodikalarga o‘rgatishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish; tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fan dasturlari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bo‘yicha zamonaviy o‘quv va metodik ma’lumotlar bazasini yaratish; pedagog xodimlaming kasbiy ehtiyojlari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borishda ishtirok etish; pedagoglami qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali shakllarini joriy etish, ilmiy va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish. d) pedagogning o‘z kasbiy faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish ко ‘nikmalarini rivojlantirish bo ‘yicha: masofadan o‘qitish usullari asosida pedagog xodimlar uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish; ta’limning ilg‘or shakl, usullari, zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarini ta’lim jarayonga joriy etish asosida pedagog xodimlaming kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishni tashkil qilish. e) pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot hamda o'quv-metodik ishlami olib borish ко‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha: 5 pedagoglami qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlami olib borish; pedagogika sohasida erishilgan ilmiy tadqiqot natijalarini pedagoglami qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga joriy etish; konferensiya, forumlar va ilmiy-amaliy anjumanlami tashkil qilish; j) о 'quv-tarbiyaviy va ma 'naviy-axloqiy ishlami amalga oshirishda ilg'or ta 'limtarbiya texnologiyalari vajahon tajribasidanfoydalanish bo'yicha: o‘quv-tarbiyaviy va ma’naviy-axloqiy ishlami amalga oshirishda umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalami o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalami tadqiq qilish natijalariga ko‘ra takliflar, tavsiyalar, qo‘llanmalar va monografiyalar tayyorlash; xorijiy mamlakatlaming yetakchi ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘matish va birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; xorijiy yetakchi ta’lim muassasalarining mutaxassislarini taklif qilish va Hududiy markaz xodimlarini xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish va stajirovkalarga yuborish. g) pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'zlashtirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlaryaratish bo'yicha: pedagoglar uchun qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etish; Hududiy markazlarda situatsion xona va virtual laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. h) oliy ta’lim tashkilotlari kafedralari, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan o'zaro integratsiya ta'miniash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda ulami yangi metodikalarga o'rgatish tizimini yanada rivojlantirish va modemizatsiya qilish bo ‘yicha: pedagoglami kasbiy rivojlantirish sohasida oliy ta’lim tashkilotlari kafedralari, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash; pedagoglami qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining o‘quv jarayoniga shartnoma asosida mamlakatning boshqa oliy ta’lim tashkilotlarining yuqori malakali pedagog kadrlarini va xorijiy mutaxassislami keng jalb etish. i) pedagog xodimlarning xalqaro baholash dasturlari darajasida topshiriqlar 6 tayyorlash ko'nikmalarini rivojlantirish, xalqaro baholash dasturlarini ta'lim jarayoniga joriy qilish va ushbu sohadagi ilg'or tajribani ommalashtirish yo ‘nalishida: pedagog xodimlarda xalqaro baholash dasturlari darajasida topshiriqlar tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha kurslar tashkil etish; ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tadbirlar, anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari savodxonligini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalami o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish. j) о 'quv-uslubiy materiallar, ilmiy tadqiqot natijalari, ilmiy ommabop va tadqiqot materiallarini tayyorlash va nashr etish bo ‘yicha: o‘quv-uslubiy materiallar, ilmiy tadqiqot natijalari, ilmiy ommabop va tadqiqot materiallari loyihalarini tayyorlash va soha mutaxassislarini jalb qilgan holda talirirdan o‘tkazilishini ta’minlash; mahsulotlami nashrga tayyorlash va nashrdan chiqarilishini ta’minlash


     Pedagogik mahorat  markazi tarkibida 5 kafedra:
1. Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi,
2. Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim kafedrasi,
3. Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi,
4. Amaliy va ijtimoiy fanlarni o’qitish metodikasi,
5. Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi mavjud.

     Pedagogik mahorat markazi tarkibida quyidagi bo‘limlar mavjud:
1. Fanlarni rivojlantirish bo‘limi
2. Uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi
3. Ta’lim sifati nazorati bo‘limi
4. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi
5. Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi
6. Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi
7. Moliya-iqtisod va buxgalteriya bo‘limi
8. Akademik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi

      Markazga turli yillarda Xanafiy Sayfullin, Nabi Turdiyev, Abdulla Fattayev, Sattor Saidov, Said Sa’dullayev, Suyar Toshev, Ismat Xudoyberdiyev, Gulnoza Ernazarova ,  Mallayev Amin Sayfullayevich, Oripova Nozima Shuxratovna
lar rahbarlik qilgan.

 

       


фильмы бесплатно