вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha direktor o'rinbosarining lavozim majburiyati quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish.
- O‘quv jarayonida davlat talablari, normativ hujjatlar va o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq joriy etilishini ta’minlash. Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari hududiy markaz direktori rahbarligida faoliyat olib boradi.

Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Direktor ishda bo‘lmagan davrda (mehnat ta’tilida, xizmat safarida yoki boshqa sabablar bilan) uning vakolatlarini vaqtincha bajaradi.
Hududiy markazning metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi, uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi va axborot resurs markazi faoliyatini umumiy nazorat qilish.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ish reja va dasturlarni ishlab chiqilishini nazorat qilish. Hududiy markaz metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish. Hududiy markaz uzluksiz kasbiy ta’limni tashkil etish bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bo‘limning pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlantirish kurslarini rejalashtirish va amalga oshirish ishlarini nazorat qilish.
Hududiy markaz raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalar va elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlarni tashkil etilishini nazorat qilish. Hududiy markaz axborot resurs markazi tomonidan kutubxona va elektron resurslar fondini boyitish hamda pedagoglarning ulardan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratilganligini nazorat qilish.
Kasbiy rivojlantirish bo‘yicha yangi usullar va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish.
- Kasbiy rivojlantirish jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida pedagog xodimlar orasida muntazam ravishda tahlillar o‘tkazish va natijalar asosida takliflar ishlab chiqish. Seminarlar, treninglar, amaliy mashg‘ulotlar va boshqa o‘quv tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, ularda kafedra professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash. Ishchi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq kasbiy rivojlantirish jarayonini tashkillashtirish va nazorat qilish, davlat talablari va normativ hujjatlarga mos kelishini ta’minlash. Hududiy markazning umumiy rivojlanish strategiyasi doirasida kasbiy rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. Hududiy markaz direktoriga tegishli bo‘lim xodimlarini yuqori natija va yutuqlari bo‘yicha rag‘batlantirish, shuningdek o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan xodimlarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish; Hududiy markaz pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin