02
may
2025
PISA-2025: TAYYORGARLIK
Respublikamizda 2030-yilgacha xalqaro baholash dasturlarida uzluksiz ishtirok etishi va dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishi uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro PISA tadqiqotlari ana shunday muhim jarayonlardan biri.
Qashqadaryo viloyatidan ham mazkur tadqiqotlarda ishtirok etish uchun bir nechta maktablar tanlab olingan.Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati PMM Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchilari tomonidan G’uzor tumani MMTBga qarashli 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida “Tabiiy va aniq fanlar savodxonligini baholashga qaratilgan topshiriqlarning tuzilishi va tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilar va o’qituvchilar uchun PISA tadqiqotlariga doir tushunchalar va tavsiyalar berildi. Kimyo, fizika, matematika fanlaridan PISA topshiriqlaridan namunalar va ularning ishlanish usullari ko’rsatildi.