вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » 2-mart O'zbekiston Respublikasi BMTga a'zo bo'lgan kun
04
mart
2025

2-mart O'zbekiston Respublikasi BMTga a'zo bo'lgan kun

Ma'limki, 1992-yil 2-mart O'zbekiston Respublikasi BMTga yangi suveren, jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosi sifatida kirdi. AQSHning Nyu-York shahridagi BMT shtab-kvartirasi oldida mustaqil O'zbekiston bayrog'i ko'tarilgan ushbu kun davlatimiz tarixida katta ahamiyatga ega bo'lgan bosqich bo'ldi.
2025-yil 3-mart kuni Qashqadaryo viloyati PMM Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan umumiy o'rta ta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari hamda O'IBDO'i guruhlari tinglovchilari bilan O'zbekiston Respublikasining BMT ga a'zo bo'lgan kunning 33 yilligi munosabati bilan davra suhbatlari o'tkazildi.
Unda kafedra katta o'qituvchilari D.Yavkochdiyeva, D.Bekmuradova, O.Ochilovlar ushbu muhim sananing tarixiy ahamiyati haqida ma'ruza qildilar.
Ma'ruzachilar mamlakatimizning tobora taraqqiy etib borayotgan bugungi qiyofasi, xalqaro nufuzi, mustaqillikning yoshlarga bergan imkoniyatlari va yurtimizda olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil to'xtaldilar.скачать dle 12.0