20
fevral
2025
"Sharqning ikki buyuk dahosi" mavzuusida bellashuv o'tkazildi.
Bugun Qashqadaryo viloyati PMM Amaliy va ijtimoiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan malaka oshirish kursi kutubxona rahbar va xodimlari guruhi tinglovchilari o'rtasida "Sharqning ikki buyuk dahosi" mavzuusida bellashuv o'tkazildi.
Tadbirni kafedra mudiri, dotsent B.Yo'ldoshev kirish so'zi bilan ochib berdi hamda turkiy adabiyotning ikki yuksak cho'qqisi bo'lmish Navoiy va Bobur bobolarimiz abadiyatining siri, asarlarining qimmati, ularning boy adabiy merosini o'rganishda va targ'ib etishda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan jihatlar haqida gapirdi.
Shuningdek, tadbirda Mirzo Bobur qalamiga mansub asarlarning bugunga qadar aniqlangan qo'lyozma nusxalari asosan Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron kabi mamlakatlar kitob fondlarida saqlanayotgani va ularning faksimilesi turli davrlarda olimlarimiz tomonidan yurtimizga keltirilgani, ushbu manbalar asosida ilmiy asarlar, risola va monografiyalar nashr etilgani va bu ish muntazam davom ettiriliayotgani xususida gap bordi.