вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » “Turkiston jadidlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
25
oktyabr
2024

“Turkiston jadidlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Amaliy va ijtimoiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi tomonidan kutubxona rahbar va xodimlari guruhi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida tayyorlangan“Turkiston jadidlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirni pedagogik mahorat markazi direktor o‘rinbosari J.Abdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda og‘ir va qarama-qarshiliklarga to‘la davrda o‘z faoliyatini olib brogan jadidchilik harakati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi…
-«Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur»-, dedi o‘z so‘zida J.Abdiyev Yurtboshimiz so‘zlaridan iqtibos keltirarkan. – Darhaqiqat, axir jadidlar ta’lim sohasini isloh qilish hamda maktablarda «usul ul-jadid» yoki «yangi usul»ni tatbiq qilish va rivojlantirishga intilgan. Bu yo‘lda ular imkoniyatida mavjud jamiki resurslar - iste’dodlari, shaxsiy mablag‘lari, uy-joylari, siyosiy va madaniy institutlar, matbuot hamda teatr, ma’rifat uylari va hokazodan to‘liq foydalandilar, hatto aziz umrlarini ham fido qilishdi.
Shundan so‘ng kafedra mudiri O.Ibragimovning “Millatning yorqin yulduzlari” mavzusida, kafedra katta o‘qituvchisi G.Xasanovaning “Kutubxonada jadidchilik harakati yirik namoyandalari asarlarining targ‘iboti” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.
Tadbir mavzu yuzasidan guruh faollarining chiqishlari bilan davom ettirildi. “Turkiston jadidlari” nomi ostida tayyorlangan slaydlar, videoroliklar namoyish etildi, kitoblar ko‘rgazmasiga sharh berildi.
Davra suhbati yakunida tinglovchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.скачать dle 12.0