10
yanvar
2025
USAID dan NAVBATDAGI TRENINGLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevralidagi PQ-53-son qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida USAIDning YES dasturi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi mutaxassislari hamkorligida “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi maktablarining 10- va 11-sinflariga mo‘jallangan “Iqtisodiyot va biznes” fani o‘quv dasturi ishlab chiqildi.
Joriy yilning 10-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazida viloyatdagi 14 ta "Biznes va kasb-hunarga oʻqitish" yoʻnalishi tashkil etilgan maktablarning oʻqituvchilari uchun seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Seminarda USAIDning Oʻzbekistondagi mutaxassislari boʻlgan "Iqtisodiyot va biznes" fani loyihasi mualliflari Komil Jalilov va Rustam Kamolovlar tomonidan oʻqituvchilarga "Iqtisodiyot va biznes" fanini samarali oʻqitishga doir koʻrsatmalar berildi, trening mashgʻulotlar oʻtkazildi. Shuningdek, oʻquv dasturining oʻqitilishi, darsliklar borasida oʻqituvchilarning fikrlari tinglandi.
Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi "Metodik xizmat ko’rsatish" boʻlimi geografiya va IBA fanlari metodisti Qayumova Mehrnigor mazkur dasturning Qashqadaryo viloyatida oʻqitilishi boʻyicha koordinator etib belgilandi.