09
yanvar
2025
“METODIK MARAFON” TADBIRLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy talablar asosida innovatsion pedagogik kasbiy rivojlanishiga ko'maklashish, metodik bo‘shliqlar va ehtiyojlarini qo'llab-quvvatlash hamda xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2025-yilning 8-9-yanvar kunlari “Metodik marafon” tadbiri o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lib, mazkur “Metodik marafon” Qarshi shahridagi 34- va 45-maktablarda tashkil etildi.
Marafonga viloyatimizdagi barcha hududlardan o'qituvchilar qamrab olindi. Ona tili va adabiyot, boshlang'ich ta'lim, aniq hamda tabiiy fanlar kesimida tashkil etilgan seminarda ishtirokchilarga kerakli ma'lumotlar berildi.
Seminarda Tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi katta o'qituvchisi G.Karimova ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida, geografiya metodisti M.Qayumova tabiiy fanlarni o'qitishda 5E moduli haqida, tarbiya fani metodisti A.Achilov maktab va oilaning uzviyligi haqida, ona tili va adabiyot fani metodisti M.Norqulova o'qish savodxonligi haqida va boshlang'ich ta'lim fani metodisti G.Tursunova o'quvchilarning matematik ko'nikmalarini oshirish yo'llari haqida ma'ruzalar qildilar.
Tadbirda Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda hududlardagi professor-o'qituvchilar, metodistlar tomonidan seminar-treninglar o'tkazilishi ko'zda tutilgan.