22
oktyabr
2024
Qarshi shahridagi Prezident maktabida O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi
21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi Prezident maktabida "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli" mavzusida ma'naviy - ma'rifiy, adabiy-badiiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda o'quvchilar tomonidan ona tilimizni ulug'lovchi, milliy tilimizga muhabbat, til jozibasi hamda ravnaqi, ezgulik va umuminsoniy qadryatlar tarannum etilgan she'rlar, adabiy kompozitsiyalar, sahna ko'rinishlari va mumtoz qo'shiqlar ijro qilindi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan o'quvchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Ushbu tadbirda Qashqadaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi G.Karimova "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" mavzusidagi ma'ruzasi bilan nutq so'zlab, tadbirga taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etdi.