вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi doirasidagi “Boshlang‘ich sinflarda formativ baholashni tashkil etish” mavzusida o'tkazilgan seminar-trening
14
sentabr
2024

“Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi doirasidagi “Boshlang‘ich sinflarda formativ baholashni tashkil etish” mavzusida o'tkazilgan seminar-trening

Bugun Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bōlimiga qarashli 22-maktabda boshlanğich sinf oʻqituvchilarining USAIDning “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi doirasidagi “Boshlang‘ich sinflarda formativ baholashni tashkil etish” mavzusida seminar-trening bo‘lib ōtdi.

Baholash bo‘yicha zarur ko‘nikma va bilimlarni berish orqali o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur seminar-trening samarali o‘qitish va uning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan formativ baholash o‘qituvchilarga real vaqt rejimida turli xil ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarning rivojlanishini kuzatish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

️Treningda Qashqadaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi boshlağich sinflar metodisti D.Saidov, Kasbi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bōlimining boshlanğich sinflar bōyicha mentori Z.Yōldosheva hamda o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

скачать dle 12.0