вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Ilmiy-amaliy konferensiya dolzarb masalaga bag'ishlandi
21
iyun
2024

Ilmiy-amaliy konferensiya dolzarb masalaga bag'ishlandi

Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida Amaliy va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Umumta’lim maktab o‘qituvchilarining ta’lim sifati monitoringi natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani Qashqadaryo viloyati PYMO‘MM direktori, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Amin Mallayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirni markaz Amaliy va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi
kafedrasi mudiri O.Ibragimov boshqarib bordi.
Anjuman qatnashchilari bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ularning mohiyati va istiqboldagi rejalar haqida gapirar ekanlar, bu sohadagi ayrim muammolar haqida ham to‘xtaldilar, ularning yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Konferensiyaning onlayn ishtirokchisi - AQSH Wayoming universiteti, falsafa fanlari doktori (PhD) Adam Jones “Interactional Competence and Dynamic Assesment in Second Language Learning” (“Ikkinchi tilni o'rganishda o'zaro bog'liqlik va dinamik baholash”) mavzuda ma’ruza qilar ekan, ayni vaqtda zamonaviy ta’limda ommalashib borayotgan fanlararo integratsiya masalasi, xususan, maktablarda bolalarga o‘z tili bilan birgalikda ikkinchi tilni aloqadorlikda o‘qitishning afzalliklari haqida gapirdi.
Bundan tashqari, anjumanda Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsentS.Jumanazarov “Raqamli transformatsiya sharoitida tinglovchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish masalalari” mavzusida, Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, dotsentK.Avazov Globallashuv jarayonida yoshlar tarbiyasi masalalari:yoshlar davlatning strategik resursi sifatida” mavzisida, Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedra mudiri, PhD A.VaisovYangi O‘zbekistonda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga kompleks yondashuv va uning istiqbollari” mavzusida, Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya institutining Qarshi filiali Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, tarix fanlari doktori P.Norbutayev “Zamonaviy tarix faninio‘qitishning samarali usullari” mavzusida, Shahrisabz Davlat pedagogika instituti Boshlangich ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sh.HamroyevGloballashuv jarayonida Shaxobiddin Marjoniyning pedagogik merosidan foydalanish” mavzusida, Qarshi Davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti musiqa ta’limikafedrasi dotsenti A.Rahmonqulov “Musiqa madaniyati fanini o‘qitishda baholashning zamonaviy usullari va o‘qituvchilarning kasbiy-ijodiy ishlar samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida,
Qarshi davlat universiteti Tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi A.Pardayev Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatida talim sohasidagi islohotlar” mavzusida, Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.Rasulov “Taym menejmentga rioya qilishning ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati” mavzusidagi ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
Shundan so‘ng anjuman qatnashchilari ma’ruzalar yuzasidan savol-javob qildilar, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Konferensiya Qashqadaryo viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga orgatish milliy markazi Oquv va metodik ishlar boyicha direktor orinbosari, tarix fanlari doktori, professorD.Komolovning viloyatimizda, xususan, milliy markaz tomonidan 2024-yilning 6 oyi mobaynida ta’lim sohasida olib borilgan ishlar ko‘lami haqidagi yakuniy so‘zlari bilan nihoyalandi.



скачать dle 12.0