вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro konferensiyasi
07
iyun
2024

“Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro konferensiyasi

Bugun poytaxtimizda “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o‘tdi.
Konferensiyani Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Ayni damda bo'lib o'tayotgan konferensiyada Qashqadaryo viloyati pedagogika markazi MXKB boshlig’i G.Karimova, aniq va tabiiy fanlar metodistlari M.Ergasheva, U.Egamberdiyeva, S.Sattorov va Y.Xo’jaqulovalar ishtirok etishmoqda.
Mamlakatimizdagi 100 nafardan ortiq tanlangan tajribali maktab direktorlari hamda 300 nafarga yaqin ustozlar hamda metodistlari ishtirok etayotgan tadbirda xorijiy va mahalliy ekspertlar ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi.
Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan maktab direktorlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablar o‘quv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.




скачать dle 12.0