вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Hamkorlikda o'tkazilgan o'quv vebinar
22
may
2024

Hamkorlikda o'tkazilgan o'quv vebinar

Joriy yil 21-may kuni Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari va Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti hamkorligida “Boshlang‘ich sinflarini “4K” modeli asosida o‘qitishning zamonaviy metodikasi: mahalliy va xorijiy tajribalar” mavzusida respublika onlayn o‘quv vebinari tashkil etildi.
Vebinarni Sirdaryo viloyati PYMO‘MM direktori pffd,dots. G.Berdialiyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Hamkorlikda o‘tkazilgan respublika onlayn o‘quv vebinarni Qashqadaryo viloyati PYMO‘MM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent M.Shodiyeva olib bordi.
Shuningdek, vebinarda Sirdaryo viloyati PYMO‘MM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri B.Atabayeva “Ta’limiy o‘yinlardan foydalanish asosida o‘quvchilarni kollaboratsiya, kommunikativlik, kritik va kreativ fikrlashga yo‘naltirish imkoniyatlari” mavzusida, Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim pedagogika kafedrasi dotsenti, PhD Ch.Mirxoliqova “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 4K ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida, Samarqand viloyati PYMO‘MM Maktabgacha,boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Nurmanova “Xalqaro baholash dasturi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tashkiliy pedagogik xususiyatlari” mavzusida hamda Qashqadaryo viloyati PYMO‘MM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi dotsenti M.Abduxoliqovalar o‘z ma’ruzalari va trening mashg‘ulotlari bilan ishtirok etishdi.
Vebinarni Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi, Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent M.Raximqulova yakunladi.

скачать dle 12.0