вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » Rossiya davlat pedagogika universitetining “Rus tilini intensiv o'qitish” kafedrasi o‘qituvchisi Chakushkina Anna Sergeyevna Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga yetib keldi.
15
sentabr
2023

Rossiya davlat pedagogika universitetining “Rus tilini intensiv o'qitish” kafedrasi o‘qituvchisi Chakushkina Anna Sergeyevna Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga yetib keldi.

Rossiya davlat pedagogika universitetining “Rus tilini intensiv o'qitish” kafedrasi o‘qituvchisi Chakushkina Anna Sergeyevna Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga yetib keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 17-avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor majlisidagi 65-sonli vazifalarga muvofiq “2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumta'lim fanlarini rus tilida o‘qitishning sifatini oshirish”ga qaratilgan “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Loyiha doirasida har yil 200 nafargacha rossiyalik mutaxassis (o‘qituvchi va metodist)lar mamlakatimizdagi umumta'lim maktablari va pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarida faoliyat yuritishi qayd etilgan.

2023-yil 14-sentabr kuni “ZO‘R!” (“KLASS!”) loyihasi doirasida A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining “Rus tilini intensiv o'qitish” kafedrasi o‘qituvchisi Chakushkina Anna Sergeyevna Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markaziga yetib keldi. Rasmiy mehmon markaz direktori A.S.Mallayev boshchiligida markaz xodimlari tomonidan kutib olindi.

скачать dle 12.0