вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » "Boshlang‘ich ta’limning Milliy o‘quv dasturi mazmun-mohiyati va amaliyotga samarali joriy etish usullari" mavzusida vebinar tashkil qilindi.
27
yanvar
2022

"Boshlang‘ich ta’limning Milliy o‘quv dasturi mazmun-mohiyati va amaliyotga samarali joriy etish usullari" mavzusida vebinar tashkil qilindi.

2022 yil 25 yanvar kuni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi, Qashqadaryo viloyat XTB va Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi hamkorligida "Boshlang‘ich ta’limning Milliy o‘quv dasturi mazmun-mohiyati va amaliyotga samarali joriy etish usullari" mavzusida vebinar tashkil qilindi.
Vebinarda Respublika ta’lim markazining Standart va baholash bo‘limi boshlig‘i F.Olimova va bo‘lim metodisti Z.Jabborova, o‘qituvchilar uchun darslik va metodik qo‘llanmalar muallifi L.O‘rinboyeva, Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM kafedra mudiri, dotsent M.Shodiyevalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Vebinarning oflayn shaklida Milliy o‘quv dasturi asosida o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash va tashkil etish yuzasidan trening mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
скачать dle 12.0