вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » “5 TA MUHIM TASHABBUS HARAKATI – 2021” FESTIVALI tashkil etildi.
29
may
2021

“5 TA MUHIM TASHABBUS HARAKATI – 2021” FESTIVALI tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “5 TA MUHIM TASHABBUS HARAKATI – 2021” FESTIVALI tashkil etildi. Festival davomida hududiy markaz professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari ishtirokida “100 qadam tashlaymiz!!!” shiori ostida sport mashqlari, tinglovchilar tomonidan 5 tashabbus doirasida tayyorlangan ko‘rgazmali vositalar namoyishi, viloyat “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari markazi” MCHJ bilan hamkorlikda kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining malakasini oshirish kurs tinglovchilari tomonidan yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga yo‘naltirilgan badiiy chiqishlar namoyish etildi.скачать dle 12.0