17
avgust
2019
2019 yilning 17 avgust kuni Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHMda Umumxalq xayriya hashari o'tkazildi.
2019 yilning 17 avgust kuni Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi xodimlarinini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Umumxalq xayriya hashari kuni munosabati bilan Hududiy markazning barcha professor-о‘qituvchilari, texnik xodimlari, xо‘jalik xodimlari ishtirokida kafedralar va bо‘limlarning xonalari tozalandi. Hududiy markazning atrofi tozalanib hovli atrofi supurildi, daraxtlar oqlandi, ekinlarning osti yumshatildi, begona о‘tlardan tozalandi. Ushbu hasharda Hududiy markazning 70 dan ortiq ishchi xodimlari va о‘qituvchilari qatnashdi.