вписать адрес сайта
Qashqadaryo_moi@xtv.uz
Saytning
maxsus versiyasi
» » 9-aprel - Amir Temur tavallud topgan kun
08
aprel
2025

9-aprel - Amir Temur tavallud topgan kun

Qashqadaryo viloyati PMM Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari guruhi tinglovchilari ishtirokida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan "Amir Temur va boshqaruv mahorati" mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni kafedra mudiri, dotsent L.Umarov kirish so'zi bilan ochib berdi.
Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi Qarshi hududiy filiali direktori, dotsent J.Eshtemirov, kafedrasi katta o'qituvchisi D.Yavkochdiyevalar Amir Temur hayoti va faoliyati, unung butun Movarounnahrni birlashtirgan va ulkan imperiyaga asos solgan davlatchilik siyosati haqida so'z yuritib, milliy o'zligimizni anglash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.скачать dle 12.0