"Atoqli O'zbekiston xalq rassomlari hayoti va ijodini keng targ'ib qilish" mavzusidagi ma'naviy -ma'rifiy tadbir
Bugun, ya'ni 2024-yil 13-sentabr kuni Amaliy va ijtimoiy fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi tomonidan tasviriy san'at va chizmachilik fani o'qituvchilari kursi ishtirokida "Atoql O'zbekiston xalq rassomlari hayoti va ijodini keng targ'ib qilish" mavzusida ma'naviy -ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbirni kafedra mudiri O.Ibragimov kirish so'zi bilan ochib berdi. Shundan so'ng kafedra o‘qituvchisi M.Eshnazarova tayyorlab kelgan PF 60-son strategiyasining 75-bandi maqsad-mohiyati haqidagi ma'ruzasi tinglandi.
Shuningdek, mazkur tadbirda Ko'kdala tumani 36-maktab tasviriy san'at va chizmachilik o'qitivchisi T.Manzarov ijodiy ishlari namoyish etildi, tasviriy san'at yo'nalishlari bo'yicha "Master-klass" tashkil etildi va Muborak tumani 11-maktab tasviriy san'at va chizmachilik o'qituvchisi Sh.Shomirzayev naqqoshlik san'ati bo'yicha o'z mahoratini namoyish etdi.
Metodik xizmat ko'rsatish bo'limi tasviriy san'at va chizmachilik metodisti G.Beknazarova "O'quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishda tasviriy san'at fanining ahamiyati” haqida gapirdi va bu boradagi o'z tavsiyalarini berdi.