Qashqadaryo viloyati PYMO‘MM da davra suhbati bo'lib o'tdi
Bugun Qashqadaryo viloyati PYMO‘MM da O‘zbekiston Respublikasi Makktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari S.B.Rajabov, Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalargao‘rgatish milliy-tadqiqot instituti rektori A.A.Ismoilov, Qashqadaryo viloyati Maktab va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U.S.Oripov, Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi rahbariyati hamda markaz Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining metodistlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 16-apreldagi 30/1-410-son topshirig‘iga muvofiq O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PISA 2025 tadqiqot dasturida O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash masalalari haqida so‘z bordi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Makktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari S.B.Rajabov ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, ta’lim tashkilotlari faoliyatini ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish, pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlari va xizmatlar ko‘rsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish borasida o‘z taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalargao‘rgatish milliy-tadqiqot instituti rektori A.A.Ismoilov suhbat davomida davlatning ertangi kuni yoshlarning qay darajada bilimli ekani bilan bevosita bog‘liqligi, shu bois, ta’lim tizimini rivojlantirish har bir davlatning muhim vazifasi ekanligi, bu jarayonda esa o‘qituvchi-pedagoglarning vazifasi nihoyatda katta ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.