25
may
2024
“Texnologiya fani va ta'limining asosiy nazariyalari, ularni amaliyotga tadbiq etishning samarali usul hamda vositalari ”
2024-yil 24-may kuni Qashqadaryo viloyati PYMO'MM Amaliy va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi texnologiya fani o‘qituvchisi A.Sanayev 2-smena III-juftlikda Texnologiya fani o‘qituvchilari kursida “Texnologiya fani va ta'limining asosiy nazariyalari, ularni amaliyotga tadbiq etishning samarali usul hamda vositalari ” mavzusida mahorat darsi tashkil etdi.
“Mahorat darsi”da texnologiya fani va uning nazariyalari, texnologik ta'limni rivojlantirish va texnologik ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish haqida amaliy mashg'ulot o'tilib, tinglovchilar bilan qizg‘in fikr-mulohazalar yuritildi. Ular, shuningdek, dars davomida o‘zlarining amaliy ishlari bilan ham faol ishtirok etishdi.