12
dekabr
2022
А.Аvloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamda Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o`rgatish milliy markazi hamkorligida onlayn- seminar trening tashkil qilindi.
Bugun 2022 yil 12 dekabr kuni А.Аvloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamda Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o`rgatish milliy markazi hamkorligida "Uzluksiz kasbiy ta`lim" platformasida tashkil etilayotgan kurslar tahlili va imkoniyatlari hamda onlinedu.uz platformasidan 2023-yil uchun qayerda malaka oshirishlarini tanlashlari (reyestr orqali) masalalari bo`yicha onlayn- seminar trening tashkil qilindi. Seminar-trening A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Xurramov Baxodir Saparovich ishtirokida tashkil etildi. Seminarda milliy markaz rahbar-xodimlari, viloyat XTB va tuman-shahar XTBlarida malaka oshirish jarayoniga ma`sul qilib biriktirlgan uslubchilar, umumta`lim maktablari rahbarlari va pedagog xodimlari ishtirok etishdi.