12
oktyabr
2022
Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi professor-oʻqituvchilari tomonidan hududlarda sayyor oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda.
2022 yil 11 oktabr kuni Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Kasbi tuman XTBga qarashli umumta’lim maktab o‘qituvchilari uchun sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil qilindi. O‘quv mashg‘ulotida Milliy o‘quv dasturi asosida darsni rejalashtirish va o‘qitish metodikasi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, o‘quvchilarni baholashning zamonaviy strategiyalari haqida ma’lumot berildi.